Bikova, Anna Aleksandrovna

"Дангаса она"нинг катта китоби: [Matn]/ Anna Aleksandrovna Bikova - Toshkent: Tafakkur tomchilari; 2021 - 208 b

Ushbu kitob oddiy, lekin uncha aniq bo‘lmagan narsalar xususida. Yoshlarda uchraydigan infantillik (yaxshi yetilmaganlik) holati bugungi kunga kelib haqiqiy muammoga aylandi. Hozirgi kunda ota-onalardagi energiya shu darajada ko‘pki, farzandlari uchun ham yashashadi, ularning har bir ishiga aralashadi, bolalar uchun qaror qabul qilib, hayotini rejalashtiradi, shuningdek farzandlarining muammolarini o‘zlari hal qilishga urinadi. Savol shundan iboratki, bularning barchasi bolalarning o‘ziga kerakmi? Bu ularning o‘z hayotidan farzandi hayotiga ko‘chish emasmi? Mazkur kitob ona bo‘lgan holda o‘zini eslab qo‘yish, o‘ziga faqatgina ota-ona bo‘lishga ruxsat beribgina qolmasdan, shuning bilan birgalikda bu roldan tashqariga chiqish uchun o‘zida resurs topa olish haqida. Kitob havotirlanishdan va hamma narsani o‘z nazoratiga olish xohishidan qanday qilib qutulish yo‘llarini o‘zida mujassam qilgan. Shuningdek, bolani mustaqil hayotga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lishni o‘rgatadi.

Yengil hazil-mutoyibali uslub va misollarning ko‘pligi mutolaa jarayonini zavqli qiladi. Bu kitob-hikoya, kitob-mulohaza hisoblanadi. Muallif "Unday qil, bunday qil", deb tavsiyalar bermaydi, balki o‘ylashga, vaziyatni taqqoslashga, har xil vaziyat va qoidalarga bo‘ysunmaydigan holatlarga eʼtibor qaratishga chaqiradi. O‘ylaymanki, kitob ota-onalik perfeksionizmiga yo‘liqqan, farzandlari bilan uyg‘un munosabatlarni o‘rnatishga halaqit qiluvchi doimiy aybdorlik hissiga ega insonlarga yordam berishi mumkin. Bu qanday qilib yaxshi ona bo‘lish va bolani hayotda mustaqil inson qilib voyaga yetkazish haqidagi kerakli kitob hisoblanadi. Xalqaro psixologik fanlar prezidenti, psixologik fanlar doktori, professor Vladimir Kozlov

9789943709881


Детская психология
Дошкольная педагогика

173